WhatsApp foydalanuvçilari ommaviy ravişda Telegram messenjeriga ötayotgani sababli messenjer serverlari yuklamaga doş berolmay qoldi. Bu haqda Telegram Twitter akkauntida ma'lum qildi.
“Barça yangi foydalanuvçilar WhatsApp’dan ötayotganidan xursandmiz, ammo serverlar barçaga birdan xizmat körsatişga qiynalmoqda”, — deyiladi messenjer xabarida.
Downdetector ma'lumotlariga köra, Telegram foydalanuvçilarida ilovani işga tuşirişda, serverga ulaniş va xabar jönatişda muammolar kuzatilmoqda.
Şuningdek, TikTok ijtimoiy tarmoğida ham nosozliklar yuz berdi.
Ma'lumot berilişiça, foydalanuvçilar Toşkent vaqti bilan soat 21:00dan muammolarga duç kela boşlagan.
TikTok işidagi nosozliklar asosan Yevropada kuzatilmoqda.
Avvalroq Facebook, Instagram va WhatsApp faoliyatida uzilişlar kuzatilayotgani xabar qilingandi.












