Turkmaniston tomoni Özbekiston avtomobilsozlik sanoatini yuqori baholadi va tomonlar Turkmanistonda transport vositalari işlab çiqarişni taşkil etiş imkoniyatlarini örganişdan özaro manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Memorandum doirasida «Turkmaniston-Motors» işlab çiqariş obektlarida «UzAuto Motors» avtomobillarini işlab çiqariş böyiça şartnoma tuziş rejalaştirilgan. Bu yönalişdagi hamkorlik Turkmanistonda avtomobil komponentlari işlab çiqarişni va eksport bozorlariga sotişni taşkil qilişni ham nazarda tutadi.

Bundan taşqari, «Özavtosanoat» tizimiga kiruvçi korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan boşqa transport vositalari (pikaplar, yuk maşinalari va avtobuslar), qişloq xöjaligi va tirkama uskunalarini işlab çiqarişni yölga qöyiş töğrisida kelişuvga erişildi.