AQŞ prezidenti Jo Baydenning faoliyatini qöllab-quvvatlaş reytingi 38 foizgaça tuşib ketdi. Ta'kidlanişiça, bu u Oq uy rahbari lavozimini egallayotgandan beri eng past körsatkiç hisoblanadi. Bunday ma'lumotlarni Kvinnipek universiteti ötkazgan sörovnoma natijalariga tayanib Usa Today naşri ma'lum qildi.
Tadqiqot natijalariga köra, Baydenning faoliyatini 38 foiz amerikaliklar ma'qullaydi, 53 foizi salbiy baholaydi. Ta'kidlanişiça, 3 hafta avval uşbu körsatkiçlar mos ravişda 42 va 50 foizni taşkil qilgan.
Yangi ma'lumotlar respublikaçi-respondentlarning 94 foizi, demokratlarning esa bor-yöği 10 foizi Baydenning faoliyatini ma'qullamasligini körsatgan. Özini uşbu siyosiy kuçlardan birortasiga mansub deb bilmaydigan boşqa amerikaliklar orasida 60 foizi Oq uy rahbarining faoliyatini salbiy, 32 foizi ijobiy baholagan.
Bundan taşqari, söralganlarning 67 foizi prezidentning AQŞ janubiy çegarasidagi migrantlar masalasidagi siyosatidan qoniqmasligini bildirgan, 23 foizi uni ma'qullagan.
Baydenga Afğoniston mavzusi hamon “oğriqli nuqta” bölib qolmoqda. Respondentlarning 28 foizi Oq uyning bu masaladagi siyosatini qöllab-quvvatlagan, 50 foizi esa AQŞ Afğonistonda muayyan sonda qöşin qoldirişi kerakligini, 15 foizi esa harbiylarni umuman olib çiqiş kerakmasligini aytgan. Amerikaliklarning 72 foizi AQŞ iqtisodiyotidan ma'lum darajada qoniqiş bildirgan.
Ta'kidlanişiça, sörovnomada AQŞning 1326 fuqarosi iştirok etgan, u 1-4 oktyabr kunlari ötkazilgan.
Avgust oyida Baydenning reytingi amerikalik harbiylarning Afğonistondan olib çiqilişi va u yerda hokimiyat tepasiga toliblar kelişi ortida 53 foizdan 46 foizgaça tuşib ketgandi.












