“1,5 mingdan ziyod uy-joy kam ta'minlangan oilalarga ajratilib, ularga ipoteka krediti böyiça 60 milliard sömlik subsidiyalar beriladi. Jumladan, oğir turmuş şaroitida yaşayotgan 800 nafar ayollarga subsidiya ajratiladi, 450 nafariga boşlanğiç badal puli tölab beriladi, 120 nafari bepul uy-joy bilan ta'minlanadi.

Şuningdek, Guliston şahrining eski dehqon bozori örnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etiladi. Bu yerda 1 ming 700 xonadonli 16 qavatli turar-joylar, umumta'lim va biznes maktablari, 2 ta bolalar boğçasi, zamonaviy klinika, madaniyat markazi va mehmonxona quriladi.

Kelgusi beş yilda markazlaşgan içimlik suvi bilan ta'minlaş darajasi 82 foizdan – 90 foizga, kanalizatsiya qamrovi 14 foizdan – 40 foizga yetkaziladi. Buning uçun 1,8 trillion söm evaziga, 428 kilometr içimlik suv va 57 kilometr kanalizatsiya tarmoği, 118 ta suv va 7 ta kanalizatsiya inşootlari barpo etiladi. Natijada, 60 ming nafar aholi ilk bor suv bilan ta'minlanadi, 106 ming nafar aholining suv ta'minoti yaxşilanadi.

“Obod qişloq” va Obod mahalla” dasturlari doirasida kelgusi beş yilda 110 ta qişloq va mahallada obodonlaştiriş, ijtimoiy obektlar, içki yöllar va infratuzilmani ta'mirlaşga 1 trillion sömdan ziyod mablağ ajratiladi. Bundan taşqari, keyingi uç yilda viloyatdagi 17 ta qişloq infratuzilmasini yaxşilaş va rivojlantirişga 10 million dollar yönaltiriladi. 

Viloyatda elektr energiyasi ta'minotini yaxşilaş maqsadida, kelgusi beş yilda 5 ming kilometr past va yuqori kuçlanişli tarmoqlar, 1 ming 100 ta transformator yangidan quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Bu işlar hisobiga 420 mingdan ortiq aholi yaşaydigan maskanlar obod qilinadi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.