Uning qayd etişiça, bu ölimlar soni voqea joyida halok bölib, IIV hisobotiga kiritilgani. Yana qança odamlar şifoxonada vafot etişi ham eslatib ötilgan.
“Bu ölimlar soni voqea joyida halok bölib, Içki işlar vazirligi hisobotiga kiritilgani. Yana qança odamlar şifoxonada vafot etadi. Ularning soni va hisobini esa Soğliqni saqlaş vazirligi yuritadi. Yana minglab insonlar bir umrga nogiron bölib qolganini ham hisobga olsak, ahvol qay darajada dahşatligini tasavvur qilavering”, deydi Komil Allamjonov.
Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi avtomaktablar haqida töxtalib ötdi.
“Avtomaktablar “soqqa” qiliş bilan ovora. Öqitiş tizimi butunlay işdan çiqqan. Amaliy darslar çala-çulpa ötiladi. Benzinga pul, darsga qatnaşmaslik pul, imtihon pul. Natijada har oyda yölga minglab "potensial qotillar" çiqariladi. Jamoatçilikni esa asosan monopoliya taşvişga soladi.
Qani bu tanqidçilar, "Avtotest"ning yöq bölib ketişi tarafdorlari? "Avtotest" yöq endi. Endi nega jimsizlar? Har holda eng kuçli va sifatli öqitadigan maktab edi. Bozor tamoyillari va raqobat soğlom bozorda bölişi kerak. Sen belgilangan soatlarni töliq öqitib, bir tomçi benzinni urib qolmasdan maşinada amaliy darslarni soat soatigaça ötsang-u, boşqalar nomigagina dars ötib, arzon narx belgilab, pravani sotib ötirsa, şumi soğlom bozor?
Monopoliya deb uvvos soldi köpçilik. Mana, xohlagan taşkilotga öqitişga ruxsat berildi. Endi hammasi pul, öqitiş nol, imtihonlar pul, lekin jamoatçilik jim. Tuşunmayman sababini. Xullas...”, deyiladi Komil Allamjonovning munosabatida.
Avvalroq, IIV matbuot xizmati Özbekistonda joriy yil boşidan beri bugungi kunga qadar 6551ta yöl-transport hodisasi sodir etilganini ma'lum qilgandi.
Qayd etilişiça, 6551ta yöl-transport hodisasidan 1682tasi ölim bilan tugagan. Jarohat olganlar soni esa 5920 nafarni taşkil etadi.
Ma'lum qilinişiça, yöl-transport hodisalarining deyarli 40 foizi tezlikni me'yoridan oşiriş natijasidir.
Fransiyaning Özbekistondagi muvaqqat işlar vakili Bris Rokfey Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida poytaxt Toşkentda yaşaş qançalik qulayligini













