Ikkilamçi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boşqa şaxs nomiga notarial rasmiylaştiriş hamda YHXXda röyxatdan ötkazişda tölanadigan davlat boji va yiğimlar stavkalarining yuqoriligi qöplab fuqarolarning noroziligiga sabab bölayotgani tufayli uşbu tölovlar qayta körib çiqilişi lozim, deb hisoblaydi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev.
Deputat bu mavzuni Kun.uz bir neça bor (1, 2, 3) kötarib çiqqanini qayd etarkan, oxirgi yillarda notarial idoralar orqali begona şaxslarga avtomobillarni tasarruf etiş va sotiş huquqi bilan berilgan işonçnomalar soni keskin oşganini ta'kidlaydi.
“Uşbu işonçnomalarning katta qismi aslida oldi-sotdi şartnomasi ekani inobatga olinsa, bunday haqiqatga töğri kelmaydigan avto-bitimlar mulk huquqi va fuqarolik munosabatlarida salbiy oqibatlar keltirib çiqarmoqda”, – deya yozdi Doniyor Ğaniyev Telegram-kanalida.
Uning aytişiça, avtomobil oldi-şartnomasini rasmiylaştiriş xarajatlari kamaysa, ularning soni oşib, davlat budjetiga undirilişi közlangan tuşumlar miqdori oşadi.
Deputat moliya vaziriga 2022 yil uçun davlat budjetining parametrlarini şakllantirişda avtomobil oldi-şartnomasini rasmiylaştiriş uçun belgilangan tölovlar miqdorini pasaytiriş imkoniyatini körib çiqişni sörab, deputat sörovi yuborilganini, şuningdek, parlamentda budjet loyihasi muhokamasi boşlanganda uşbu masalaga alohida e'tibor qaratib, kun tartibiga olib çiqişga harakat qilişini ma'lum qildi.
Ikkilamçi bozordagi avtomobilni xaridor nomiga rasmiylaştiriş nega bunça qimmat?








