«Uning romanlarni stereotipik ta'riflardan xoli va ular bizga dunyoning boşqa joylaridagi köplab insonlarga taniş bölmagan Şarqiy Afrikani oçib beradi», deyiladi qömita bayonotida.
Abdurazzoq Gurna kim?
Gurna 1948 yilda Şarqiy Afrika qirğoğidagi Zanzibar şahrida tuğilgan. U boşlanğiç ta'limini ingliz maktablarida oladi. Bolalik paytida Qur'on kursida öqiydi va arab tilini örganadi.
Gurnaning ona tili suaxili tili hisoblanadi. U yoşligida Zanzibar qözğoloni (1964) va sotsialistik tuzumning şiddatli yillariga guvoh böladi. 1968 yilda Angliyaga ketadi. Oliy ma'lumotni Kent universitetida oladi. Doktorlik dissertatsiyasida (1982) Şarqiy Afrika, Karib dengizi va Hindiston adabiyotidagi mustamlakaçilik mavzusini tahlil qiladi va postkolonial adabiyot böyiça ixtisoslaşadi.
U özining birinçi romani «Memory of Departure» («Ketiş xotirasi», 1987)da Afrikada ötgan yoşlik yillaridan söng mamlakatni tark etgan Hasan obrazining xotirasidan joy olgan Afrika qiyofasini postkolonial davrning şaxsiyat muammolari nuqtayi nazaridan kelib çiqib aks ettiradi.
Ikkinçi romani «Pilgrim’s Way» («Hojilar yöli», 1988)da Angliyaga yaxşi hayot umidida kelgan tanzaniyalik Dovud immigrantlarga qarşi munosabatga duç kelgani tufayli paranoyani boşdan keçiradi va u çorani Tanzaniyadagi ötmişini butunlay yöq qilişdan qidiradi.
Xuddi şunday begonalaşuv muammosini «Dottie» (1990) asarida Dotti Badoara Fotima Balfur xarakteri misolida muhokama qiladi. Fotima Balfurning gibrid identifikatori – irqçilik va millatçilik quvğin-muhojir qahramonlarga şikast yetkazuvçi ta'sirga ega ekanligining yorqin ramzidir.
«Paradise» («Jannat», 1994)da Gurna Qur'onda keltirilgan Yoqub öğli Yusuf alayhissalom haqidagi hikoyani 1900-1914 yillar orasidagi Şarqiy Afrika timsoliga moslaştiradi.
Yozuvçi Afrikadagi qullik, tarixni buziş va islomofobiya kabi mustamlakaçilik nutqi stereotiplarini muhokama qilar ekan, Yusuf hikoyasi bir tomondan despotizm, ikkinçi tomondan esa mustamlakaçilikni tanqid qiliş kabi ikki tomonlama vazifani bajaradi.
«By the Sea» («Dengiz sohilida», 2001) asarida esa imperial ta'lim va Afrikaning mahalliy urf-odatlari orasidagi paradokslar qalamga olinadi.
«Admiring Silence» («Sukunat hayrati», 2018) asarining ismsiz hikoyaçisi ham öz yurtini taşlab ketgan zanzibarlik dissident bölib, u Buyuk Britaniyada turmuş qurgaç, öqituvçilik faoliyati bilan şuğullanadi.












