Bu haqda taşkilot rasmiy saytida ma'lumot berilmoqda.

OTBning Markaziy va Ğarbiy Osiyo böyiça boş direktori Yevgeniy Jukovning ta'kidlaşiça, Özbekiston bozor iqtisodiyotiga ötişni tezlaştirayotgan paytda xususiy investitsiyalarni jalb qiliş uçun mustahkam va raqobatbardoş içki moliyaviy bozorlar muhim ahamiyatga ega. OTB Özbekistondagi moliyaviy bozorlarni rivojlantirişga yordam beradi va xususiy investitsiyalarni rağbatlantiradi. Bu iqtisodiy ösişning asosiy omili va yangi iş örinlarining muhim manbai hisoblanadi.

Qayd etilişiça, dasturdan nazorat tizimlarini rivojlantiriş va birja savdolariga qöyiladigan fondlarni kuçaytiriş kabi masalalar ham örin olgan.

Bank moliyaviy sektori boş mutaxassisi Sayid Ali Mumtoz X. Şah sözlariga köra esa, uşbu yordam Özbekiston moliya tizimidagi zaifliklarni kamaytirişga kömaklaşadi. Şuningdek, korporativ qimmatli qoğozlar bozorini rivojlantiradi va mavjud moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qiladi.

Bundan taşqari, dastur doirasida amalga oşiriladigan islohotlarni qöllab -quvvatlaş uçun 500 ming dollarlik texnik yordam granti ajratiladi.

Avvalroq, Osiyo taraqqiyot banki Özbekiston böyiça prognozlarini yangilagan edi va bu yil mamlakat iqtisodiyoti 5 foiz, kelasi yilda esa 5,5 foiz ösişi kutilayotganligini ma'lum qilgandi.