Termiz şahridagi “Muz saroyi” kompleksida bölib ötayotgan uçraşuvni Surxondaryo viloyat xalq qabulxonasi mudiri Abduhakim Eşmurodov oçib berdi va olib bordi. An'anaga köra moderator nomzodni taniştirişga hojat yöqligi, viloyat böyiça erişilgan yutuqlar, ayniqsa “Töpalang” suv omboridan suv keltiriş böyiça katta loyihaga töxtaldi. Şundan söng Şavkat Mirziyoyevga söz berildi.
“Assalomu alaykum qadrli, mehribon Surxon xalqi. Bu zamindagi har bir harakatlarimiz köz öngimda. Prezidentlikka qadar ham nima qilsak, Surxon elining oğiri yengil bölişi böyiça boş qotirganmiz. Albatta, bugun sizlar bilan Yangi Özbekistonning keyingi 5 yillik rejalari haqida gaplaşamiz, şu paytgaça nimalarga erişdik, degan savolga javob izlaymiz. 5 yil oldingi rejalarimizga özimiz ham işonmagandik. Lekin eng katta vazifamiz xalqni rozi qiliş. Surxondaryoda ham şu 5 yilda qilingan özgarişlarni adolatli hakam bölsa, e'tirof etadi.
Şiddatli, tahlikali zamonda yaşayapmiz, pandemiya oqibatlari bilan kuraşyapmiz. 2020 yil 14 mart kuni bu kasallik Fransiyadan kirib kelgani ilk bor aniqlangandayoq aytganman – endi bu kasallik bilan kuraşib yaşaşga örganişimiz kerak, deganman. Köryapsiz, katta-katta davlatlarda ham har kuni yuzlab odamlar vafot etyapti. Qattiq jang ketyapti. Ilohim köz tegmasin, kasallik tarqalişi bizda ança kamaydi, çoralar öz ta'sirini körsata boşladi. Lekin ehtiyotkorlikni susaytirmasligimiz kerak.
Biz bu 5 yilda katta tajriba orttirdik, iqtisodimizni kuçaytirişga harakat qildik. Şunday davr böldiki, Surxondaryoda tadbirkorlik yöq edi, yöq bölib ketgandi. Surxon xalqining boşiga tuhmatlar, böhtonlar bölgani ham rost. Eng katta yutuğimiz Konstitutsiyamiz bergan erkinlik ta'minlanayotgani böldi. Inson qadri degani oddiy tilda aytganda xotirjamlik, erkin nafas oliş va bir-birimizga işonç tuğilgani, “qilsa bölar ekan-ku” degan fikrga kelganlari böldi”, – deya nomzodning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















