Poytaxt hokimligi xabari köra, Toşkent şahridagi markazlaşgan issiqlik ta'minotidan foydalanuvçi iste'molçilarni issiqlik bilan ta'minlaş maqsadida, 2021 yil 12 oktyabrdan ijtimoiy soha obektlarining isitilişi boşlanadi.

Qayd etilişiça, şunga köra joriy yil 14 oktyabrdan köp qavatli turar joy binolari muntazam isitişga ötkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-qarori bilan tasdiqlangan “Köp kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlari körsatiş qoidalari”ning 13-bandiga muvofiq, xonadonlarni isitiş ehtiyojlari uçun issiqlik energiyasini beriş davri Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boşlanadi va tamomlanadi.

Isitiş davri taşqi havoning örtaça sutkalik harorati 8 daraja tselsiydan past bölgan 5 kunlik davr tamom bölgan kundan keyingi kundan boşlanişi, 8 daraja tselsiydan yuqori bölganda esa tamomlanişi kerak.

Barça iste'molçilar ulanib bölgandan söng, 6-7 kun davomida örnatilgan toraytiruvçi qurilmalarda issiqlik ta'minoti tizimlarining sinovi olib borilişi lozim.