Nukuslik Pölat Baltabayev antiqa supurgi yasamoqda. Buning uçun u oddiy plastik idişlardan foydalanadi. "Baklajka" supurgilar 3 xil kattalikda tayyorlanadi. Buning uçun işlatilgan oq, qora, qönğir, yaşil va kök rangli plastik idişlar tanlab olinadi.

Bitta supurgini yasaş uçun 40 ta "baklajka" ketadi. Plastik idişlar avval maxsus qozonda qaynatilib tozalanadi. Keyin maxsus dastgohda qirqiladi.

Hunarmand kuniga 2-3 dona supurgi yasaydi. Uning oylik daromadi hozirda örtaça 2 mln sömni taşkil qilmoqda.

“U gilamdagi mayda tolalarni ham tozalaş xususiyatiga ega. Köçaga taşlangan plastik idişlar issiq ob-havoda tabiat va odamga zarar deb eşitganman. "Baklajka"ni köçaga çiqindi qilib taşlagandan köra, xalq uçun foydali buyum yasaganimiz yaxşi”, deydi Pölat Baltabayev.

Pölat aka bu işni 2020 yilning fevral oyida boşlagan.

“Karantin vaqtidagi işsizlik sabab bu işga qöl urdim. Bir kuni YouTube orqali braziliyalik ustaning işlatilgan "baklajka"dan rözğor uçun har xil buyum yasayotganini körib qoldim. Keyin xayolimga şu payt uyga kerak bölgan supurgi keldi. Dastlab uy uçun, keyin yaqin qarindoşlarga bitta-bittadan berdik. Şu orqali "baklajka" supurgimiz sinovdan ötdi. Ular supurgidagi kamçiliklarni aytişdi. Takomillaşib şu holatga keldi”, deydi nukuslik hunarmand.

Pölat Baltabayevning qöşimça qilişiça, endi ekologik toza supurgilarga qöşni viloyatlar va Qozoğiston davlatidan buyurtmalar qabul qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, bundan oldin temirdan rözğor buyumlarini yasab, kuniga 200 ming söm daromad qiladigan 14 yoşli hunarmand qiz haqida