Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning tönğiç qizi, 23 yoşli Ayşat Qodirova respublika madaniyat vaziri lavozimini egalladi. Bu haqda Çeçeniston parlamenti spikeri Magomed Daudov Instagram’da ma'lum qildi. Bungaça Ayşat madaniyat vazirining birinçi örinbosari bölib işlagan.

“Ayşat öz işiga mas'uliyatli yondoşişi tufayli respublika kutubxonalari, madaniyat uylari va teatrlari rivojiga va Çeçeniston madaniyat vazirligi faoliyatining barça yönalişlarida yuqori körsatkiçlarga erişilişiga ulkan hissa qöşdi. Işonçim komil, u uşbu mas'uliyatli lavozimda katta natijalarga erişadi va öz oldiga qöyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalaydi”, deb yozgan Daudov.

Ma'lumotlarga köra, Ayşat Qodirova 1998 yilda tuğilgan. U Çeçeniston davlat universitetini tamomlagan, 2016 yildan Firdaws modalar uyi direktori hisoblanadi. Ayşat 2020 yil sentyabrdan madaniyat vaziri örinbosari sifatida faoliyat yurita boşlagan.

Ta'kidlanişiça, Qodirovning yana bir qizi – Xadiçat 2020 yil dekabrda Grozniy şahrining maktabgaça ta'lim departamenti boşliği etib tayinlangan.