Banisadr uzoq davom etgan kasallikdan keyin Salpetriyer şifoxonasida hayotdan köz yumdi.
Banisadr talabalik yillarida “Milliy front” talabalar harakati safiga qöşilgan. Uşbu harakat 1960-yillarda Erondagi hukmron tuzumga qarşi çiqqan va monarxiyaga qarşi ğoyalarni ilgari surgan. Eronda 1963 yilda yuz bergan norozilik namoyişlarida u yaralanib, Fransiyaga ketgan. Söngra Sorbonna universitetida öqib, iqtisodiyot böyiça doktorlik darajasini olgan.
1979 yilda Banisadr Eronga qaytgan va Islom inqilobiy kengaşi tarkibiga kiritilgan. Keyinçalik u iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimini egallagan.
Banisadr 1980 yil fevralda mamlakatda ötgan saylovlarda 76 foiz ovoz töplab, prezident lavozimini egallagan. Biroq 16 oy ötgaç unga mamlakatda tobora kuçayayotgan “musulmon ulamolari hokimiyatiga” qarşi çiqqani uçun impiçment e'lon qilingan. Şundan keyin u Fransiyaga immigratsiya qilgan va hayotining qolgan qismini u yerda ötkazgan.
Banisadr oxirgi yillar Eron haqida maqolalar yozgan va ularda mamlakatning amaldagi rahbariyatini tanqid ostiga olgan.












