Eynşteyn xavotiri insoniyat tarixini özgartirib yubordi

1930-yillarda Germaniyada Gitler hukumati örnatilib, yahudiy millatidagilarni siquvga oliş boşlanadi. Ta'qibdan qoçib, köpçilik yahudiylar Amerikadan boşpana sörab kelişga majbur bölgan. Ular orasida otasi yahudiy bölgan Albert Eynşteyn ham bor edi. Kimyodagi sönggi tadqiqotlar asosida bomba işlab çiqiş dasturini ilgari surgan Leo Silard ham muhojirlar safida edi. Germaniya rejasidan xabardor ikki olim nemislar atom bombasi poygasida ğolib bölişni maqsad qilgani haqida Ruzveltni ogohlantirişga qaror qiladi. 1939 yil 2 avgustda prezidentga maktub yoziladi. Xatni Ruzveltning norasmiy maslahatçisi va Wall Street Journal iqtisodçisi Aleksandr Saks 11 oktyabrda Ruzveltga olib kiradi. Unda Germaniya urandan foydalanib, zanjirli reaksiyalar böyiça tadqiqot ötkazayotgani haqida yozilgandi. Tajriba şuni körsatadiki, bu zanjirli reaksiya bilan katta quvvat işlab çiqariş va bu orqali aql bovar qilmaydigan darajadagi kuçli bomba ixtiro qiliş mumkin.

Foto: Los Alamos National Laboratory/The LIFE Picture Collection/Getty Images

Yadroviy qurolni ixtiro qiliş uçun yetarli mablağni topiş haqida öylagan Ruzvelt dastlab biror qarorga kelolmaydi. Oradan 8 kun ötib, 19 oktyabrda Eynşteynga javob xati yozadi va uranni örganiş uçun qömita tuzganini ma'lum qiladi.

Ikkinçi jahon uruşini AQŞ foydasiga hal qilgan loyiha

“Manhetten loyihasi” 1939 yilda AQŞ, Britaniya va Kanada hamkorligida boşlanadi. Ruzvelt dastlab Uran ustida iş olib boruvçi maslahat qömitasini tuzdi. Olimlar va harbiylar jamoasidan iborat guruhga uranning yadroviy quroldagi ahamiyatini örganiş topşiriladi. Qömita xulosasidan keyin, Ruzvelt fizik olimlar Enriko Fermi va Leo Silardga radioaktiv izatoplarni ajratiş va yadroviy zanjirlar reaksiyasini örganiş uçun mablağ ajratadi.

1942 yilda Nyu-Yorkning Manhetten şahrida şu nomdagi muhandislik okrugi taşkil qilinadi. Loyihani boşqariş AQŞ armiyasi polkovnigi Lesli Grovesga topşiriladi.

Fiziklar Fermi va Leo atomlar ajralib ketadigan va özaro ta'sir qiladigan yadro zanjiri reaksiyalari böyiça tadqiqotlar olib borişdi. Natijada “Uran-235” işlab çiqariş uçun muvaffaqiyatga erişildi.