“Men Qaşqadaryoda tuğilib voyaga yetgan qahramon şoirimiz Abdulla Oripov bilan yaqin döst, ijodining çinakam muxlisi bölganimdan doimo faxrlanaman. Uluğ şoirimiz: “Toleimga bitgan Qaşqadaryomsan”, deb tuğilgan yurtini çeksiz ardoqlar edi.
Oçiğini aytsam, menga şu kunda Abdulla Oripov kabi insonlar yetişmayapti. U kişi Qaşqadaryoni juda maqtar, elini yaxşi körardi. Biz Abdulla aka bilan Zominda yoş ijodkorlar uçraşuvlarini taşkil qilgandik, Zomin ijodkorlar maktabi an'ana tusiga kirdi.
Men yaqinda mehmon bölib kelgan AQŞ kongressmenlari bilan uçraşuvda Amerikada Abdulla Oripov muzeyini oçiş taklifini bildirdim. Ular bu masalada yordam berişlarini aytişdi. Bilasiz, Abdulla aka AQŞda vafot etgan. Endi öşa davlatda ham yaxşi bir muzeyini taşkil qilsak, u kişining xotirasi uçun munosib iş bölardi. Nasib qilsa, Amerikaga borib şu muzeyni oçib kelamiz”, – deya Şavkat Mirziyoyevning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















