Eskilar va yangilar bilan. O‘zbekiston boks jamoasi jahon chempionatiga yangilangan tarkibda boradi
Serbiyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionati uchun O‘zbekiston jamoasi tarkibi e'lon qilindi. Ro‘yxatda professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham bor.

26 oktyabrdan 6 noyabrga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 13 xil vazn toifasida janglar o‘tkaziladi.
Turizm va sport vazirligi O‘zbekiston boks jamoasining JCh—2021ga yo‘l oladigan tarkibini e'lon qildi. Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, jahon chempioni, 2018 yildan buyon professional boksda janglar o‘tkazib kelayotgan Shahram G‘iyosov hamda Olimpiada chempionlaridan biri, 2019 yilda professional boksda debyut qilgan Hasanboy Do‘stmatov jamoaga qaytgan.
Shuningdek, quyidagi bokschilar jahon chempionatiga yo‘l oladi: Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Abdumalik Halokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Ja'farov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov.
E'tiborli jihati, O‘zbekiston jahon chempionatiga deyarli to‘liq yangilangan tarkib bilan yo‘l olgan. Tokio Olimpiadasida qatnashgan tarkibdan faqat ikki bokschi, yengil vazn toifalari vakillari - Mirzaxalilov va Zoirov qolgan (bu ikki bokschi ham Olimpiadani hakamlarning bahsli qarorlariga ko‘ra tark etishga majbur bo‘lgandi).
Elnur Abduraimov, Bobousmon Baturov, Fanat Qahramonov, Dilshod Ro‘zmetov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov tarkibga jalb etilmagan. Yangi tarkibdagi sakkiz nafar bokschi uchun bu ilk jahon chempionati bo‘ladi.
Yangilangan jamoaga To‘lqin Qilichev emas, Marat Qurbonov bosh murabbiy bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, Qilichev rahbarligida jamoa Tokioda muvaffaqiyatsizlikka uchragan, erkaklar jamoasidagi 8 bokschidan faqat bir nafari - Bahodir Jalolov finalgacha yetib borib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Ma'lumot uchun, 2019 yilda Yekaterinburgda o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston jamoasi uch oltin, bitta kumush va bitta bronza bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi

00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi

09:49 / 01.08.2024
Shahram G‘iyosov professional boksdagi 16-jangida ham g‘alaba qozondi

09:04 / 25.02.2024