Kun.uz homiyligidagi SUBYEKTIV loyihasining navbatdagi soni sud tibbiy ekspertiza sohasi vakillari – sudmedekspertlar haqida hikoya qiladi.

Körsatuvda tajribali ekspertlar Bobur Yoqubov va Alişer Iskandarov nozik kasbning turli jihatlari haqida atrofliça töxtalib ötişadi.

“18 yildan beri sud tibbiy ekspertiza sohasida işlayman, – deydi köpçilikka “Zakovat” intellektual öyinlari orqali taniş bölgan sudmedekspert Bobur Yoqubov. – Sud tibbiy ekspertiza deganda negadir odamning xayoliga “morg” keladi, “Ölik oçasizlarmi?” deb söraşadi. Yöq, biz faqat murda oçiş bilan şuğullanmaymiz, faoliyatimizning 80-85 foizidan köproği tirik şaxslar ekspertizasidan iborat. Kaltaklangan, yiqilgan yoki boşqa turda jarohatlangan kişilar. Murdalar esa faoliyatimizning 15-20 foizini taşkil etadi, lekin köpçilik kasbimizni avvalo murdaxona bilan boğliq deb tuşunadi”.

“Kasbimizdagi juda muhim jihat – murdadagi jarohatlar unga hayotligida yetkazilganmi yo ölganidan keyinmi, şuni aniqlaş, – deydi uzoq yillik tajribaga ega sudmedekspert Alişer Iskandarov. – Masalan, poyezd yölida qolib ketgan student qizning murdasini olib kelişdi. Tergovçilar kelib, öz-özini öldiriş deb taxmin qilişdi va tezroq ekspertiza qilib beringlar, bu işni yopiş kerak, deyişdi. Biz tekşirganimizda ma'lum böldiki, qizning baçadoni teşilgan, yaqinda abort qilingan va qon yöqotişdan ölim kelib çiqqan. Boşqa jarohatlar ölimdan keyin röy bergan.

Biz bu ma'lumotni prokuraturaga bergaç, tezda jinoyat işi qözğatilgan. Tibbiyot muassasalaridan boşqa joyda abort qiliş – jinoyat. Bu talaba qiz qişloqdan kelib, homilador bölib qolgan va davlat muassasalariga murojaat qilişdan qörqib, dugonasidan yordam söragan. Dugonasi avval tuğuruqxonada işlagan bir hamşirani topadi va u abort qiladi, lekin operatsiya notöğri qilinişi oqibatida qiz qon ketişi natijasidagi ölim bilan vafot etadi.

Hamşira javobgarlikdan qörqib, qöşnisiga murojaat qiladi. Alkaş qöşni ikki şişa aroqqa rozi bölib, jasadni uylari yaqinidagi temir yölga olib çiqib beradi. Söng jasadning böyin qismini temir yöl relsiga töğrilab, taşlab ketişadi. Agar ekspertiza bölmaganida bu öz-özini öldiriş deb topilib, iş yopilib ketardi”.

Bobur Yoqubovning tuşuntirişiça, sud tibbiy eksperti va patologoanatom kasblari bir-biridan katta farq qiladi.

“Birinçidan, maqsad. Sudmedekspertning murdani oçişdan maqsadi – zöraki ölim faktini tasdiqlaş yoki inkor qiliş.