Joriy yilning 3 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bektemir tumani TXAY köçasida «Spark» haydovçisi sababli «Cobalt» haydovçisi piyodani urib yuborgani haqida video tarqalgan edi. Toşkent şahar IIBning ma'lum qilişiça, hozirda «Spark» haydovçisi aniqlanib, unga nisbatan bayonnoma rasmiylaştirilgan. Avtomobil jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
2021 yilning 3 oktabr kuni taxminan soat 11:00 da Bektemir tumani TXAY köçasida «Spark» haydovçisi töğri harakatlanib kelayotgan avtomobilning ustuvorligini inobatga olmasdan qayta burilgan. Oqibatda «Cobalt» haydovçisi – 1972 yilda tuğilgan K.K. töqnaşuvni çetlab ötmoqçi bölib, rulni öng tomonga burgan va 1987 yilda tuğilgan piyoda P.B.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda badan şikastlari bilan şifoxonaga yetkazilgan.
Tezkor-tergov tadbirlari davomida aniqlanişiça, voqea joyini tark etgan «Spark»ning davlat raqami 10 L 690 WA bölgan. Ma'lumotlarga köra, avtomobilni haydovçilik guvohnomasi bölmagan 39 yoşli S.I. boşqargan.
Hozirgi vaqtda unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-moddasi 25-qismi (“Transport vositalari haydovçilarining yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga yöl harakati qoidalarini buzgan holda çiqişi, xuddi şuningdek, avariya holati yuzaga kelişiga sabab bölgan, ya'ni yöl harakatining boşqa qatnaşçilarini tezlikni, harakat yönalişini keskin özgartirişga yoki öz xavfsizligini yoxud boşqa fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş uçun özga çoralarni körişga majbur qiluvçi huquqbuzarlikni sodir etişi”), hamda 135-moddasi 2-qismi (“Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi”) böyiça bayonnoma rasmiylaştirildi. Avtomobil jarima maydonçasiga joylaştirildi.
«Mazkur fakt asosida olib borilgan tergovoldi harakatlari davom etmoqda. Faktlar aniqlangaç, yöl-transport hodisasining barça iştirokçilarining harakatlariga huquqiy baho beriladi», deyiladi xabarda.












