Britaniya supermarketlarida oziq-ovqat mahsulotlari tugab bormoqda. Buning sababi - britaniyaliklar taqçillik tufayli mahsulotlarni zaxiralab qöymoqdalar, deb xabar berdi Daily Mail naşri.
Milliy statistika boşqarmasining xabar berişiça, mahsulotlarning sarosimada sotib olinişi mamlakatning har oltinçi fuqarosi 25 sentyabrdan 9 oktyabrgaça asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qila olmaganiga olib keldi.
9 oktyabrda internetda mamlakatdagi dökonlarning böşab qolgan peştaxtalari suratlari tarqaldi. Suratlarda, şuningdek, xaridorlar aravaçalari hojatxona qoğozi va suv bilan uyub taşlanganini köriş mumkin. Minglab xaridorlar Rojdestvo bayramini tökin dasturxon atrofida kutib oliş uçun 25 dekabrga taomlar yetkazilişini oldindan bronlab qöyişgan, har uçinçi britaniyalik esa uşbu kunga mahsulotlarni zaxiralaşni boşlagan. The Grocer naşri ötkazgan sörovnomaga köra, iste'molçilarning uçdan ikki qismi Rojdestvo bayramiga yeguliklar va içimliklar tugaşidan xavotir bildirmoqda.
Britaniyada bunday vaziyat haydovçilar yetişmayotgani bilan boğlangan. Mahsulotlarni yetkaziş tarmoği qöşimça 100 ming xodimga ehtiyoj sezmoqda, çunki Brexit va pandemiya sababli mamlakatdan köplab xorijiy işçilar ketib qolgan. Bundan taşqari, işçi kuçi yetişmasligidan mehmonxona biznesi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoati ham aziyat çekmoqda. Mamlakatda elektr energiya narxi keskin kötarilgani sababli öğit işlab çiqaruvçi korxonalar işlab çiqarişni töxtatişga majbur bölmoqda. Bu esa mamlakatga parranda, çorva göşti va qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari taqçilligi bilan tahdid solmoqda.
Britaniya hukumati muammoni hal qiliş uçun qat'iy çoralarga bormoqda. Jumladan, yaqinda mahsulotlar yetkazilişiga harbiy haydovçilar jalb qilina boşlandi. Rasmiy şaxslarning ta'kidlaşiça, hukumat taqçillikning oldini oliş uçun harbiylarga bayram kunlari ham mahsulotlar yetkazişni buyurişi mumkin.












