Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va Moliya vazirligining qarori bilan korporativ buyurtmaçilarning xarid komissiyalari tomonidan dastlabki malaka tanlovini ötkaziş tartibi töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagi tuşunçalar qöllaniladi:
- korporativ buyurtmaçi – davlat xaridlarini amalga oşiriş jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmaçilari röyxatida körsatilgan buyurtmaçilar;
- xarid komissiyasining mas'ul kotibi – xarid komissiyasining tezkor faoliyatini taşkil etuvçi ovoz beriş huquqiga ega bölmagan xodim;
- xarid qiliş tartib-taomillari iştirokçisi – xarid qiliş tartib-taomilida qatnaşişdan manfaatdor bölgan, dastlabki malaka tanlovi uçun talabnoma taqdim etgan Özbekiston rezidenti yoki norezidenti bölgan jismoniy yoki yuridik şaxs;
- talabnoma – iştirokçining yuridik maqomi, moliyaviy, tijorat, texnik imkoniyatlari töğrisidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan hujjatlar töplami.
Dastlabki malaka tanlovi xarid qiliş tartib-taomilining bir qismi bölib, uning natijasi davlat xaridlari töğrisidagi şartnomani tuziş uçun asos hisoblanmaydi.
Dastlabki malaka tanlovi xarid qiliş tartib-taomillarining quyidagi turlari orqali amalga oşiriladigan xaridlarga nisbatan qöllaniladi: eng yaxşi takliflarni tanlaş; tender.
Dastlabki malaka tanlovidan muvaffaqiyatli ötgan salohiyatli iştirokçilar bir yildan ortiq bölmagan muddat davomida korporativ buyurtmaçilarning tanlaş va tenderlarida iştirokçi sifatida qatnaşişi mumkin.
Dastlabki malaka tanlovini ötkazişda iştirokçilar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilişi lozim:
- ta'sis hujjatlari va davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma;
- moliyaviy hisobotlar (taşqi auditor taşkilotlar tomonidan tasdiqlangan yoki soliq organlari tomonidan qabul qilinganligi tasdiqlangan holda);
- ekologik, gigiyenik sertifikatlaş, kalibrlaş töğrisidagi tegişli guvohnomalar yoki sinov bayonnomalari, sifat sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlari, şu jumladan xavfsizlik talablariga muvofiqlik sertifikatlari, tovar (iş, xizmat)lar pasportlari;
- iştirokçilarning işbilarmonlik obrösini (işçi-xodimlari malakasi, iş tajribasi, şu jumladan maxsus faoliyat böyiça tajribasi) tasdiqlovçi hujjatlar.












