Birinçi çorak yakunlanay deb qolgan oktabr oyiga qadar öquvçilarga darslik yetib bormagani albatta ğalati holat.

Kun.uz muxbiri xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev bilan intervyu uyuştirdi va ota-onalarni qiziqtirgan qator savollarga javob oldi.

— Usmon aka, ota-onalarning tahririyatimizga yuborayotgan murojaatlari haqida sizga aytdim. Xöş, nima uçun maktablarda 2-sinflar uçun darsliklar yetişmovçiligi yuzaga keldi?

— Bu savolga javob berişdan avval masalani ikki qismga bölib olsak. Avvalo, şuni aytmoqçimanki, 1- va 2-sinflar uçun darslik yetişmovçiligi degan tuşunça unçalik töğri emas. Çunki maktablarda ayni paytda darsliklar bor. Öquvçilar 2018 yilda çiqarilgan darsliklardan ijara huquqi asosida foydalanmoqda.

Ikkinçi masala şundaki, biz darsliklar böyiça bosqiçma-bosqiç milliy dasturga ötyapmiz. Bu dastur böyiça biz şu yil 1- va 2-sinf öquvçilari uçun yangi darsliklarni yetkazib berişimiz kerak. Bunda birinçi sinf böyiça biror muammo yöq, yangi darsliklar barça öquvçilarga yetkazilgan.

Ikkinçi sinf uçun darsliklar ham töliq tayyor bölgan. Unda nega keçikdi dersiz. Biz ikkinçi sinf darsliklarini işlab çiqişni şu yil fevralda boşlagan edik. Şu örinda aniqlik kiritib ketiş kerak, avval bu jarayon qanday bölgan? Avval darslik uçun mualliflar va biror naşriyot şunçaki tanlangan hamda çiqqan darsliklar maktablarga yetkazib berilavergan.

Biz esa bu jarayonga şaffof tenderlar va darsliklar sifati borasida maslahatlaşuvlar uçun xalqaro ekspertlarni jalb qildik.

Şunday qilib, darsliklarimiz iyul oyida tayyor bölgaç, uni xalqaro ekspertlarga körib çiqiş uçun topşirdik. Ular öz örnida bizga darsliklar böyiça xulosalarini berdi.

Hozir maktablardagi öqituvçi va kutubxonaçilar murojaat bilan çiqyaptiki, köplab ota-onalar amalda bölgan darslikni olmay, birdaniga yangi darsliklarni olamiz deyotgan ekan. Vaholanki, amaldagi darsliklar yuridik jihatdan hali jarayondan çiqarib taşlangani yöq.

Şunday qilib, birinçi çorakda öquvçilar foydalanişi uçun kitoblar bor va ulardan foydalaniş böyiça biz maktablarga tavsiya berganmiz.