“Ijtimoiy yönaltirilgan iqtisodiyotda davlatning asosiy tartibga soluvçilik rolini yanada mustahkamlaş zarur, deb hisoblaymiz” – deyiladi nomzodning dasturida.
Dasturga köra, mazkur vazifani amalga oşirişda quyidagilarni amalga oşiriş reja qilinmoqda:
— umumxalq ahamiyatiga ega iqtisodiyot tarmoqlarining boşqaruvida davlat iştirokini mustahkamlaş;
— har bir insonning birlamçi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan iste'mol savatçasi qiymatini belgilaş, şu asosda yaşaş minimumini qonuniy jihatdan mustahkamlaş;
— oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyojdagi boşqa tovarlarni işlab çiqariş sohasida davlat tomonidan tartibga soliş çoralarini qonuniy jihatdan mustahkamlaş;
— hududlarning barqaror rivojlanişi uçun davlat daromadlarini teng va adolatli taqsimlaş, hududiy dasturlarni amalga oşiriş uçun davlat budjeti, boşqa içki va taşqi manbalardan qöşimça moliyaviy resurslarni safarbar etiş;
— muayyan hududlarga import tovarlarini olib kirganlik uçun bojxona tölovlaridan tuşgan mablağlarning bir qismini mahalliy budjetlarga yönaltiriş, şu orqali import örnini bosadigan işlab çiqarişlarni rivojlantiriş böyiça maxsus tuman va şahar investitsiyaviy fondlarini yaratiş.
Vorisova 13 oktyabr kuni Xorazm viloyatida saylovoldi taşviqotini olib bordi.


















