Samarqand | Kun.uz Telegram-kanalida Samarqand şahrida avtobus haydovçisi yölovçilar hayotini xavf ostiga qöyib qarama-qarşi yönalişga çiqib harakatlangani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, qoidabuzar haydovçi topilib, unga çora körilgan.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 14 oktyabr kuni soat 11:30larda Samarqand şahrining Amir Temur köçasida Isuzu rusumli yölovçi taşuvçi avtobus qarama-qarşi yönalişga çiqib harakatlangan.

Qayd etilişiça, avtobus haydovçisi qoidalarni qöpol tarzda buzib, avariya holatini yuzaga keltirgan paytda uning içida yölovçilar bölgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan tekşiruv işlari olib borilgan va avtobus haydovçisining şaxsiga aniqlik kiritilgan. Tekşiriş davomida haydovçi avtobusni tegişli hujjatlarsiz boşqarib yurgani, şuningdek transport vositasiga qöşimça ovoz kuçaytirgiç örnatib olgani aniqlangan.

Ta'kidlanişiça, holat yuzasidan tegişli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtobus jarima maydonçasiga joylaştirilgan.