14 oktabr kuni Livan poytaxti Bayrutda o‘tgan yil avgustida portda sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha tergov jarayonidan norozi bo‘lgan «Hizbulloh» va «Amal» guruhlari tarafdorlari namoyishlarga chiqishdi.

Namoyishchilarning ayrimlari avtomatlar va granatamyotlar bilan qurollangandi. Minglab odamlar adliya binosi atrofida to‘planganida ular noma'lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi va natijada kamida 6 kishi halok bo‘lib, 30dan ortiq kishi yaralandi. Shialar bu hujumda xristianlarning «Livan kuchlari» harakatini ayblashdi.

Namoyishchilar portdagi portlash ishi bo‘yicha avvalgi hukumat a'zolariga ayblov qo‘ygan sudya Tariq Bitarni chetlatishni talab qilgan - u ayblagan sobiq vazirlar shialarning odamlari edi.

Internetda Bayrutdagi namoyishlar vaqtida granatomyotdan otishga tayyorlanayotgan namoyishchi surati tarqalgandi. Ma'lum bo‘lishicha, u darhol merganlar tomonidan otib tashlangan. REUTERS/Aziz Taher
Granatomyotchini qutqarish jarayoni / REUTERS/Aziz Taher
Suratlarda ushbu namoyishchining boshiga o‘q tekkanini ko‘rish mumkin / REUTERS/Aziz Taher
Bayrutdagi otishma chog‘ida qizini ko‘tarib qochayotgan ota.   REUTERS/Mohamed Azakir
Otishma joyiga yetib kelgan armiya askarlaridan biri odamlardan xavfsiz joyga ketishni so‘ramoqda. REUTERS/Mohamed Azakir
Afrikalik migrantlar ispan sohil qo‘riqchilari kemasi tomonidan buksirga olingan qayiqda qirg‘oqqa tushirishlariga umid qilib ketishmoqda. / REUTERS/Borja Suarez