Pekin Olimpiadasi

Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlarining 7-kuni yakunlandi. Medallar jamg‘armasi bo‘yicha Germaniya peshqadam - 6 oltin va 3 kumush. Uchlikni Norvegiya (5-2-4) va Avstriya (4-5-4) to‘ldirgan. Rossiya olimpiya jamoasi 11 medal bilan (2-3-6) 11-o‘rinda bormoqda.

Amerika Samoasidan bo‘lgan skeletonist Natan Krampton startga chiqmoqda. Foto: Robert Michael/picture alliance via Getty Images
5000 m masofaga konkida uchish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqadan oldingi chigalyozdi mashqlari. REUTERS/Fabrizio Bensch
Norvegiyalik Robert Yohansson tramplindan sakramoqda. REUTERS/Kai Pfaffenbach
Belaruslik sportchi fristayl bo‘yicha jamoaviy musobaqalarga tayyorlanmoqda. REUTERS/Dylan Martinez
Cnoubordistlarning sloupstayldagi saralash bosqichi. Foto: Patrick Smith/Getty Images
Pekindagi XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining oltin medali. Foto: EPA/Vostock-photo

Madagaskarda suv toshqinlari oqibatlari

Madagaskar oroliga yopirilgan «Batsirai» tropik bo‘roni oqibatida kamida 101 kishi halok bo‘ldi.

Orolning sharqiy qismida joylashgan Ikongo okrugi to‘rt kun oldin birinchi bo‘lib bo‘ronga uchragan edi. Qurbonlarning aksari kuchli shamol va ko‘chkilar uylarni qulatishi oqibatida halok bo‘lgan. Binolar tom ma’noda tog‘ yonbag‘irlaridan surib tashlangan.