Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab 202 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida qarzdor ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab 202 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2021 yil 9 iyundagi qaroriga asosan qarzdor I.N.dan undiruvchi B.R.ga ikki nafar farzandi ta'minoti uchun daromadining ma'lum qismidan aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma'lumotlarga asosan qarzdor otaning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor I.N. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan muddat uchun hisoblangan 202 million 164 ming so‘mni to‘lab bergan. Shundan so‘ng mazkur sud hujjati undiruvchining arizasi bilan qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026