“Inson qadri uçun” tamoyilining muhim böğini – barça uçun, sifatli ta'lim olişga imkoniyat va şart-şaroitlar yaratişdir. Lekin, viloyatdagi maktab ta'limi bu talablarga hali töliq javob beryapti, deb ayta olmaymiz. Misol uçun, joriy yilgi bitiruvçilarning bor-yöği 16 foizi oliygohlarga qabul qilingani ham, buning isbotidir. Oliy ma'lumot va toifaga ega bölmagan öqituvçilar uluşi 54 foizni taşkil etadi. Bu – respublikada eng past körsatkiçlardan biri. Çirçiq, Nurafşon, Olmaliq, Yangiyöl şaharlari, Bekobod, Toşkent va Yangiyöl tumanlaridagi 70 foiz maktablar ikki smenada, ayrim maktablar hatto uç smenada işlamoqda.

Endi Toşkent viloyatini maktab ta'limi islohotlarining namunasiga aylantiriş böyiça alohida dastur amalga oşiriladi. Avvalambor, “Yangi Özbekiston ustozlari” dasturi amalga oşirilib, ta'lim sifati past 60 ta maktabga boşqa hududlardan kamida 150 nafar malakali öqituvçilar jalb qilinadi. Ularga maxsus ustama tölanadi, 15 million söm bir martalik tölov beriladi, yaşaş joyining ijara puli qoplanadi. Keyingi uç yilda 25 ming nafar yoki 70 foiz öqituvçilarning malakasi oşirilib, xalqaro va milliy sertifikat olişi ta'minlanadi. Uşbu işlarga, xususiy ta'lim taşkilotlarini ham faol jalb qilinadi. Toşkent viloyati uçun malakali pedagog kadrlarni tayyorlaş kvotalari 2 barobarga oşiriladi.

Kelgusi beş yilda budjetdan 20 ta yangi maktab quriladi, 260 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta'mirlanadi. Bundan taşqari, Toşkent viloyatidan boşlab, maktablarni quriş va foydalanişning yangi tizimi yölga qöyiladi. Jumladan, Qibray, Örta Çirçiq, Zangiota va Toşkent tumanlarida xususiy kapitalni jalb qilgan holda, 12 ta zamonaviy tipdagi maktablar qurilib, foydalanişga topşiriladi. Uşbu maktablar uçun tölovlar lizing asosida budjet hisobidan 25 yil davomida amalga oşiriladi.

Şu örinda, ta'limning beşigi bölgan maktabgaça ta'lim tizimida islohotlar davom ettirilib, qamrab oliş darajasi 80 foizga yetkaziladi. Buning uçun, 96 ta davlat boğçalari quriladi va rekonstruksiya qilinadi, 800 ta xususiy va oilaviy boğçalar taşkil etiladi. Qibrayda imkoniyati çeklangan bolalar uçun reabilitatsiya markazi taşkil etilib, har yili 2 ming nafar bolalar bepul soğlomlaştiriladi. Maktabgaça ta'lim yönalişida qabul kvotalari 2 barobarga oşirilib, oliy ma'lumotli pedagog kadrlar uluşi 50 foizga yetkaziladi. Pedagog kadrlarni malakasini uzluksiz oşirib boriş maqsadida, kelgusi yildan Örta Çirçiq, Böka, Ohangaron, Yuqori Çirçiq tumanlarida “Maktabgaça ta'lim klasteri” faoliyati yölga qöyiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.