Haiti poytaxti Port-o-Prensda jinoyatçilar 17 nafar amerikalik missioner va ularning oila a'zolarini öğirlab ketişdi. Bu haqda New York Times naşri xabar berdi.
Öğirlab ketilganlar orasida ayollar va bolalar bor. Amerikaliklar ularni aeroportga olib ketayotgan avtobusdan öğirlangan.
Naşrning ta'kidlaşiça, Haiti ança yildan beri siyosiy silsilalar girdobida qolib kelmoqda va bu yerda boylarni ham, oddiy odamlarni ham öğirlaş odatiy holat hisoblanadi. Biroq jinoyatçilik darajasi yuqori bölgan uşbu davlatda ham bunday köp sonda amerikaliklarning “surbetlarça” öğirlab ketilişi amaldorlarni hayratga solgan.
Naşr Haitidagi oğir vaziyatni mamlakatda 2 yil avval ötgan norozilik namoyişlari ortida xavfsizlik yomonlaşgani bilan boğlamoqda.
Mamlakatdagi vaziyat 2021 yil iyulda prezident Jovenel Moiz öz qarorgohida öldirilgan keyin yanada keskinlaşgan. Bundan taşqari, avgust oyida mamlakatda yuz bergan kuçli zilzila ham vaziyatni yanada oğirlaştirgan.
Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda Port-o-Prensning deyarli yarmini jinoiy tödalar nazorat qiladi.












