“Özgidromet” xabariga köra, bunday holat hafta örtasigaça davom etadi, hududlarning katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, harorat foni yuqoriligi saqlanib turadi - keçalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-27 daraja issiq böladi. 

Respublika şimoliy hududlariga çorşanba kuni Volgaböyi hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida ba'zi joylarda yomğir yoğadi, harorat pasayişni boşlaydi.

Payşanba kuni nam va sovuq havo massalari respublikaning barça hududlariga ta'sir etadi. Aksariyat viloyatlarda yomğir yoğadi. Eng çekka şarqiy hududlarda yomğir yoğişi keçqurun kutilmoqda. Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida yoğingarçiliksiz havo böladi. Havo harorati kunduz kuni 13-18 daraja iliqqaça pasayadi, bu me'yordan 2-4 darajaga past böladi.

Juma kuni Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida keçasi va ertalab yomğir yoğadi. Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida kun davomida yomğir yoğişi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçasi va kunduzi 8-13 daraja iliqni taşkil etadi, bu iqlimiy me'yorlardan 6-7 darajaga past böladi.

21-22 oktyabrda toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi, ba'zi joylarda kuçli böladi. 21-23 oktyabrda respublika böyiça şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin. 22-23 oktyabrda ayrim viloyatlarda tuman tuşişi mumkin.