Zarafşon şahrida yaşovçi, rus millatiga mansub keksa ayolning işonçiga kirib, uning 3140 dollar pulini öğirlagan fuqaro qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, nafaqaga çiqqan ayol uyini sotib, Rossiyada yaşovçi farzandlari oldiga ketişga qaror qilgan. Uyni 22 ming AQŞ dollariga baholagan. Köp ötmay uyga xaridor topilgan. Şaharda yaşovçi, uyni sotib olgan fuqaro oldi-sotdi jarayonida ayol bilan yaqindan tanişib, pulning 20 ming AQŞ dollarini bank orqali uning öğillariga jönatişga yordam bergan.
Söngra uy egasi Rossiyaga ketişi haqida aytganida uni Navoiy xalqaro aeroportiga kuzatib qöymoqçi bölgan. Yölda esa hiyla işlatib, maşinasi buzilib qolganini, telefon çiroğini tutib turişini söraydi. Ayol çiroq tutib turgan paytda maşina salonida uning sumkasidan 3140 AQŞ dollarini olib qöyadi.
Aeroportda tekşiruvdan ötayotganda pullari yöqligini bilib qolgan ayol tezda IIB TXTB xodimlariga murojaat qilgan hamda uzoqqa ketib ulgurmagan fuqaro qölga olingan.
Oldinroq Navoiyda savdo dökonidan 40 mln söm pulni öğirlab ketgan fuqaro qölga olingandi.










