“Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi töğrisida”gi qonun deputat yordamçisi haqidagi 94-modda bilan töldirildi. Unda belgilanişiça, deputat özini deputatlikka nomzod etib körsatgan siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turiş hamda öz saylov okrugidagi faoliyatini samarali taşkil etiş uçun yordamçiga ega bölişga haqli.
Özbekistonning 18 yoşga tölgan fuqarosi deputatning yordamçisi bölişi mumkin. Uni işga qabul qiliş deputatning taqdimnomasiga köra deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli mehnat şartnomasi asosida amalga oşiriladi. Şartnoma deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, şuningdek mehnat töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud bölgan taqdirda tugatilişi mumkin.
“Siyosiy partiyalar töğrisida”gi qonundan Qonunçilik palatasi deputatining vakili töğrisidagi 142-modda çiqarib taşlandi.











