Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan OChLda hafta qahramoni deb topildi
Foto: An-Nasr
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «An-Nasr» klubi a'zosi Jaloliddin Masharipov Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan OChLda hafta qahramoni deb topildi.
Hujumkor yarimhimoyachi o‘tgan haftada Osiyo Chempionlar ligasi chorakfinali doirasida BAAning «Al-Vahda» klubiga qarshi bahsda dubl va bitta assist qayd etib, «An-Nasr»ga 5:1 hisobidagi yirik g‘alaba keltirgandi. Saudiya Arabistoni klubi bu natija bilan turnirning yarimfinal bosqichiga yo‘llanma oldi.
Chorakfinaldagi gollar va assisti bilan Masharipov OFK tomonidan ushbu bosqichning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Shu bilan birga OFK tomonidan OChL chorakfinal bosqichi ramziy jamoasiga ham kiritilgan.

Ma'lumot uchun, «An-Nasr» OChL yarimfinali doirasida bugun, 19 oktabr kuni «Al-Hilol»ga qarshi maydonga tushadi. Saudiya klublari o‘rtasidagi o‘yin soat 23:00da boshlanadi. Ushbu bahsda ham Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
23:05 / 05.11.2025
OChL-2. «Andijon» safarda «Al-Xolidiya» bilan durang o‘ynadi
21:09 / 03.11.2025