1 oktabr kuni Tatariston muftiysi Komil hazrat Samigullin Qozon şahridagi Özbekiston boş konsuli Faxriddin Nasriyev bilan uçraşdi. Bu haqda Tatariston musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Komil hazrat Özbekistonning sobiq muftiysi Usmonxon Alimovning vafot etişi katta yöqotiş ekanligini ta'kidlagan. Şuningdek, Faxriddin Nasriyev özaro aloqalarni davom ettiriş va Komil hazratni Özbekistonda kutilayotgan muftiy saylovida faxriy mehmon sifatida qatnaşişga taklif qildi.

Avvalroq, Özbekiston Musulmonlari idorasi muftiy vazifasiga kim saylanişi va nomzodlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar «ulamolarning ruhiyatiga salbiy ta'sir ötkazayotgani»ni bildirgan va muftiy lavozimiga saylov tartibi töğrisida axborot bergan edi.

Ma'lum qilinişiça, taşkilot Nizomining tegişli bandiga köra, diniy idora raisi, muftiy Ulamolar Kengaşi yiğilişida 5 yil muddatga saylanadi. Uşbu lavozimga saylanayotgan şaxs Özbekiston Respublikasi fuqarosi, oliy diniy ma'lumotli, kamida 10 yil Özbekiston musulmonlari idorasi tizimida işlagan, ulamolar hamda xalq orasida obro‘ va işonç qozongan bölişi lozim.

Lekin, hozirga qadar muftiy lavozimiga saylov qaçon bölişi va taşkilot Nizomi ham jamoatçilik uçun oçiqlanmadi. Muftiy vafotidan söng rasmiy tadbirlarda asosan Toşkent şahar boş imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va Musulmonlar idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov közga taşlanmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, joriy yilning iyul oyida davolaniş uçun Moskvaga olib borilgan muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni 71 yoşida oğir xastalikdan söng vafot etdi. U 2006 yildan buyon Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida işlagandi.

16 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi davlat rasmiylari ta'ziyali xonadonda bölib, hamdardlik