“Uşbu jamğarma hisobidan har bir mahallada oyida kamida bir marta taniqli aktyor va xonandalar, san'at va adabiyot namoyandalari bilan uçraşuvlar ötkaziladi, mahalla, park va oçiq maydonlarda sayyor spektakl va konsertlar taşkil qilinadi. Bunga viloyat teatrlari, san'atkorlar, baxşilar, maqomçilar ham jalb qilinadi.

Şahar teatrlariga boriş uçun mahallalar orqali bepul biletlar tarqatiladi, haftada bir kun şahar muzeylariga kiriş bepul böladi. Madaniyat va san'at, til va adabiyot oliygohlari mahallalarda madaniy tadbirlarni taşkil qilişga boş-qoş böladi.  Uşbu tadbirlar “Mahalla” va boşqa telekanallar orqali keng yoritiladi. Umuman, bu işlarimiz haqiqatda “mahallada duv-duv gap bölib”, milliy madaniyatimizni xalqimiz qalbidan çuqur joy olişiga işonaman. 

Şu bilan birga, madaniyat sohasiga ham e'tibor kuçaytirilib, 20 ta madaniyat markazlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Kelgusi yillarda sirk binosini zamonaviy talablar asosida ta'mirlaymiz hamda tarixiy Xadra maydonini qayta tiklaymiz. Bunda uşbu maskanni Toşkent şahar aholisi va poytaxtimiz mehmonlari, ayniqsa, bolajonlarimizning madaniy va ma'naviy hordiq çiqarişlari uçun yaxlit zamonaviy majmua sifatida taşkil etamiz. 2023 yilda Toşkent şahrida “Xalqaro sirk san'ati” festivalini ham aynan şu maydonda ötkazişni taklif etaman.

Şuningdek, bolajonlarning yana bir sevimli maskani bölgan Toşkent hayvonot boği davlat-xususiy şerikçilik tamoyili bilan yangi konsepsiya asosida tubdan rivojlantiriladi va poytaxtning eng gavjum göşalaridan biriga aylantiriladi.

Soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalaştiriş dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Sport musobaqalari böyiça Osiyo va Jahon çempionatlarini özimizda ötkaziş böyiça boşlangan işlarimizni davom ettirib, Toşkent şahrida 2024 yilgaça “Olimpiya şaharçasi” quriladi.

Kelgusi yilda Şayxontohurda 2,5 ming tomoşabinga möljallangan zamonaviy muz saroyi işga tuşiriladi. Yangihayot tumanida yoşlarni muntazam sport bilan şuğullanişiga şaroit yaratiş maqsadida, jami quvvati 2,5 ming örinli universal sport kompleksi barpo etiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.