Chilida 2019 yili jamoat transporti uchun narxlar oshishiga javoban boshlangan namoyishlar yana avj pallaga kirdi. Namoyishchilar ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rilishini talab etishmoqda.

Chili poytaxti Santyagoda talabalar mamlakat tarixidagi eng yirik namoyishlar ikki yilligini (namoyishlar chog‘ida 30 kishi halok bo‘lgandi) nishonlash uchun ko‘chalarga chiqib, tartibsizliklar uyushtirishmoqda.
Politsiya vodomyotlar va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar, chiqindi qutilari va jamoat transporti bekatlariga o‘t qo‘yishgan, ko‘chalarni yoritish tizimi va elektr ta'minoti tizimiga zarar yetkazishgan. Ko‘plab chililiklar yirik biznesni rivojlantirishga e'tibor qaratgan Sebastyan Pineraning boshqaruvidan norozi.
Mamlakat aholisining atigi 1 foizi mamlakat milliy boyligining uchdan bir qismiga egalik qiladi, pensionerlar oyiga 200 dollar miqdorida pensiya olishadi.




Myanmada amnistiya
Dushanba kuni Myanmadagi xunta rahbari general Min Aung Hlaing boshqaruvdagi harbiylar tinchlik va demokratiya tarafdori ekanini ma'lum qildi.
Generalning bu bayonoti ASeAN tashkiloti xunta vakillarini oktabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitga chaqirmaslikka qaror qilishdi, lekin ularning o‘rniga muxolifat vakillari taklif etilgan.
Min Aung Hlaingning bayonotidan keyin davlat televideniyesida davlat to‘ntarishiga qarshi namoyishlarda ishtirok etgani uchun hibsga olingan 5636 kishiga amnistiya e'lon qilingani va ular ozodlikka chiqarilishi ma'lum qilindi. 19 oktabr kuni ular o‘z oilalari bag‘riga qaytishdi.































