Boşqarma boşliği joriy yilning 9 oyida vazirlik tasarrufidagi 507 ta ta'lim muassasasida, jumladan 56 ta oliy ta'lim hamda 408 ta kasb-hunar va örta maxsus ta'lim muassasasida moliyaviy nazorat tartibidagi profilaktik tadbirlar ötkazilgani haqida gapirdi.

“Ötkazilgan moliyaviy nazorat va profilaktika tadbirlari natijasida 245 ta ta'lim muassasasida jami 13 mlrd 605,3 mln sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarga yöl qöyilgani aniqlandi. Şundan:

  • 5 mlrd 493,2 mln sömlik maqsadsiz va ortiqça xarajatlarning oldi olindi;
  • 4 mlrd 979,3 mln sömlik qismi profilaktik tadbirlar jarayonida undirilib tiklandi.

996,2 mln sömlik qismi (ortiqça tölangan iş haqi va boşqa hisob-kitoblar) keyingi oylarda hisob-kitob qiliş uçun undiruvga qaratildi. Şuningdek, 2 ta oliy ta'lim hamda 8 ta kasbiy ta'lim muassasalarida aniqlangan 2 mlrd 136,6 mln sömlik xato va kamçiliklarda jinoyat alomatlari mavjudligi sababli rasmiylaştirilgan hujjatlar huquqiy baho beriş va qonuniy çora köriş uçun huquqni muhofaza etuvçi organlarga yuborildi”, – deya ma'lum qildi u.

Ta'kidlanişiça, uşbu aniqlangan moliyaviy xato va kamçiliklarning:

  • 8 mlrd sömi iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar hamda stipendiya tölovlari böyiça;
  • 1 mlrd 111,7 mln söm