Skoda kompaniyasi Çexiyadagi ikkita yiğuv korxonasi faoliyatini töxtatdi. Agarda kompaniya yarimötkazgiçlar yetişmovçiligi muammosini ikki hafta içida hal qila olmasa, zavodlar 2021 yil oxirigaça işlamaydi, deb xabar berdi Reuters.
Qayd etilişiça, Mlada-Boleslav va Vrxlabi şaharlaridagi zavodlar işini töxtatişga majbur bölgan. Faqat Kvasinadagi zavodda bitta konveyer işlab turibdi. Zavod omborlarida 10 mingga yaqin töla yiğilmagan avtomobillar töplanib qolgan. Skoda ularni yetişmayotgan modullar bilan jihozlaş va dilerlarga yetkazib berişni rejalaştirmoqda.
Avvalroq Germaniyadagi Opel zavodlaridan biri çiplar yetişmovçiligi tufayli faoliyatini 2022 yilgaça töxtatişi xabar qilingandi.

















