Belarus hukumati sanksiya çoralarini joriy etdi va mamlakat hududiga Skoda auto, Liqui Moly va Beiersdorf savdo markalari mahsulotlari olib kirilişini taqiqladi.
Olib kiriş taqiqlangan mahsulotlar röyxatiga Liqui Moly, Skoda auto va Beiersdorf (Nivea, Eucerin, La Prairie, Labello, Hansaplast, Florena, «8X4», Skin Stories, Gammon, Tesa, Chaul, Coppertone, Hidrofugal, Stop The Water While Using Me! savdo markalari) guruhlari mahsulotlari kiritildi, deyiladi mamlakat hukumati matbuot xizmati xabarida.
Ta'kidlanişiça, uşbu qaror «Belarus xalqiga nisbatan nodöstona harakatlar hisobga olingan holda milliy manfaatlarni himoya qiliş maqsadida» qabul qilingan.
Taqiq hujjat e'lon qilinganidan 10 kun ötib kuçga kiradi va 6 oy davomida amal qiladi.
Hujjatga köra, Belarus hududiga taqiqlangan mahsulotlar olib kirilgani aniqlangan holatda bu mahsulotlar ortga qaytarib yuboriladi.
Taqiq şaxsiy foydalaniş uçun olib kirilgan mahsulotlar hamda YeOIIga a'zo davlatlarda röyxatga olingan yoki YeOII hududiga vaqtinça kirib kelgan transport vositalariga nisbatan qöllanilmaydi.

















