“Avvalo, “Aydar-Arnasoy” köllarini “Döstlik” va “Janubiy Mirzaçöl” kanallari orqali töyintiriş işlarini yakuniga yetkazamiz. Natijada, birgina Döstlik kanali orqali har yili 500 million kub metrgaça qöşimça suv taşlaş imkoni yaratiladi.
Şuningdek, 6 ming gektar sun'iy suv havzalarida hosildorlikni 4-5 barobarga oşiriş va xonadonlarda intensiv baliq yetiştirişni köpaytiriş hisobiga viloyatda baliq yetiştiriş hajmi 50 ming tonnaga yetkaziladi.
Şarof Raşidov tumanidagi baliqçilik klasteri xonadonlarda baliq yetiştirişni kooperatsiya asosida taşkil qilgan. Bu orqali yetiştirilgan 1 ming tonna baliqni sotib olib, qayta işlaşni yölga qöygan. Buning hisobiga bitta xonadon örtaça 20 million sömdan qöşimda daromad olmoqda.
Şu bilan birga, klaster qoşidagi öquv markazida, har yili 1 ming nafar yoşlarni intensiv usulda baliq yetiştiriş va uzumçilik böyiça tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlaş tizimi taşkil etilgan. Bu kabi ilğor klasterlar tajribasi barça tumanlarda joriy etiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Aydar-Arnasoy köllarida ekologik barqarorlikni saqlaş böyiça alohida dastur amalga oşiriladi
18:33 / 21.10.20211 9612 min
Aydar-Arnasoy köllari hududida ekologik barqarorlikni saqlaş böyiça alohida dastur amalga oşiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev aytib ötdi.

















