“Bunda, nostandart yondaşuvlar, Jizzax erkin industrial hududi, logistika va sanoat zonalari hamda boşqa imkoniyatlardan keng foydalanamiz. Jumladan, menda katta qiziqiş uyğotgan Hindiston tajribasi asosida viloyatda “Jizzaxda işlab çiqaring” sanoat dasturini amalga oşiramiz. Uşbu dasturda zamonaviy korxonalarni taşkil etiş, muhandislik-infratuzilmaga ulanişga kömaklaşiş, qulay şart-şaroitlar yaratiş böyiça barça imtiyoz va preferensiyalar nazarda tutiladi. Buning uçun Investitsiyalar vaziri örinbosari boşçiligidagi “Investorlarga kömak markazi” tuziladi.
Bu borada biz Hindiston rahbariyati bilan gaplaşib oldik va ular bizlarga yordam beriş uçun zarur mutaxassislarni yuborişadi. Şuningdek, har bir tumanda loyihalarni işlab çiquvçi “Loyiha guruhi” va tadbirkorlar iştirokidagi “Holding kompaniyasi” taşkil etiladi. Uşbu loyihalarning 30 foizgaça qismi Töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi tomonidan moliyalaştiriladi.
Har bir tumanga yiliga 30 million dollargaça, sanoati past rivojlangan Yangiobod, Zafarobod, Mirzaçöl, Döstlik va Baxmal tumanlariga 40 million dollargaça mablağ ajratib boriladi. Viloyatda kelgusi beş yilda jami 12 milliard dollarlik 4 mingdan ziyod katta, örta va kiçik investitsiya loyihalari amalga oşirilib, 120 mingta yangi iş örinlari yaratiladi. Bunda, zamonaviy maşinasozlik, elektrotexnika, energetika, quriliş materiallari, oziq-ovqat, töqimaçilik, çarm-poyabzal kabi sohalardagi loyihalarga alohida e'tibor qaratiladi. Jumladan, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytirilib, 800 million dollarlik 90 dan ziyod sanoat loyihalari amalga oşiriladi va 15 mingta yangi iş örinlari yaratiladi.
Hisob-kitoblarimizga köra, iqtisodiyot va aholi daromadlari ösişi tufayli hozirgi kunda avtomobilsozlik mamlakatimiz sanoatining eng yirik tarmoqlaridan biriga aylandi. Kelgusi beş yilda aholimizning avtomobillarga bölgan talabi yiliga 500-600 mingga yaqin bölişi kutilmoqda. Şuningdek, uşbu sanoat tarmoği qişloq xöjaligi, quriliş, kommunal kabi sohalar uçun ham texnika va asbob-uskunalar işlab çiqaradi.
Şuni inobatga olib, viloyatda avtomobil sanoati yirik klasteri taşkil etiladi. Uşbu klaster tayyor avtomobil va butlovçi qismlar işlab çiqariş, konstruktorlik, logistika, kadr tayyorlaş sohalarini qamrab oladi. Jumladan, Jizzax şahri, Paxtakor va Şarof Raşidov tumanlarida 500 million dollarlik 60 ta loyiha amalga oşirilib, ham avtomobil, ham butlovçi qismlar işlab çiqariş yölga qöyiladi, mahalliylaştiriş 60 foizga yetkaziladi. Misol uçun, Şarof Raşidov tumanida qiymati 100 million dollarlik loyiha hisobiga avtomobillar uçun kuzov panellari, plastik qismlar, örindiqlar, yoqilği baklari va boşqa butlovçi hamda ehtiyot qismlar işlab çiqariladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Jizzaxda avtomobil sanoati klasteri taşkil etiladi
17:14 / 21.10.20217 0703 min
Jizzax viloyatini “zamonaviy sanoat karvonboşilari”dan biriga aylantiriş uçun barça şart-şaroitlar yaratiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev aytib ötdi.












