AQŞning Tesla kompaniyasi 20 oktyabrda 3-çorak uçun hisobotni taqdim etdi. Unga köra, kompaniya tuşumi 3 oylik davr içida 57 foizga oşib, 13,8 mlrd dollarga yetgan. Sof daromad esa deyarli 5 marta oşib, 1,6 mlrd dollarni taşkil qilgan va bu kompaniya uçun rekord körsatkiç hisoblanadi.

Kompaniya bunday natijalarga Xitoyda avtomobillar savdosidagi yuqori körsatkiçlar va işlab çiqariş xarajatlarini qisqartira olgani hisobiga erişgan.  

Oktyabr boşida ham kompaniya elektromobillari savdosi böyiça ma'lumotlarni taqdim qilgan. Ularga köra, 3-çorakda kompaniyaning elektromobillar savdosi 2020 yilga nisbatan 72 foizga oşgan va 241 mingtaga yetgan. Tahlilçilarning fikriça, kompaniya savdosi 4-çorakda ham ösişda davom etadi va 266 mingta elektromobilga yetişi kutilmoqda. Şunda kompaniyaning yillik savdosi 900 mingta maşinani taşkil qiladi.

Kompaniya hozirda boşqa avtomobilsozlik kompaniyalaridan farqli, mikroçiplar taqçilligidan kamroq darajada aziyat çekmoqda. Mutaxassislarning aytişiça, Tesla boşqa turdagi çiplarni sotib olib, ularning dasturiy ta'minotini öz qurilmalariga moslab özgartirişni boşlagan. Biroq şunday bölsa-da, çiplar muammosi kompaniyaga ham öz ta'sirini körsatmay qolmagan. “Butlovçi qismlar taqçilligi va logistikadagi muammolar sababli zavodlarimizni töliq quvvatda işga tuşira olmadik”, deb aytilgan kompaniyada.        

Kompaniya aksiyalari hisobot e'lon qilingandan keyin yaxşi natijalarga qaramay 1,5 foizga arzonlaşgan. Tahlilçilar buni oxirgi haftalarda kompaniya aksiyalari narxi ijobiy natijalar taqdim etilişi umidida kuçli ösgani va uning maşinalari iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisalari böyiça tergov hamon davom etayotgani investorlarni xavotirlantirayotgani bilan boğlaşmoqda.