Boğning oçiliş marosimi 20 oktyabr kuni bölib ötdi.
Marosimda poytaxt hokimining örinbosarlari Faxriddin Davrukov va Furqat Mahmudxöjayev hamda Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfuddinov iştirok etib, bu yer aholi istaganidek qulay va sokin boğ bölib qolişini va'da qilişdi.

“Ayni paytda boğdagi ta'mirlaş işlari töla yakuniga yetmagan bölsa-da, şahrimiz aholisining xohiş-istagiga muvofiq, “Döstlik” boği belgilangan muddatdan ertaroq öz faoliyatini boşladi”, – deyiladi şahar hokimligi axborotida.

Poytaxtning Bobur köçasida joylaşgan va şu nom bilan atab kelingan boğ 2017 yilda prezident Şavkat Mirziyoyev taklifi bilan “Döstlik” nomini olgan edi. Şu yili Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi taşkil etilib, u boğ yaqinidagi binoga joylaştirilgan, boğ mazkur qömita tasarrufiga ötkazilişi belgilangan edi.
Keyinçalik Toşkentdagi qator boğlar singari “Döstlik” boği ham investorga topşirildi, foydalanuvçilar uçun yopilib, qarovsiz holatda qoldirildi. 2021 yilga kelib, fuqarolar noroziligidan söng Toşkent şahar hokimligi “Döstlik” boğida ta'mirlaş işlari boşladi.




































