Prezidentlik saylovida qonunçilikka zid holatlar kuzatilmadi, şaffof va oşkoralik asosida ötkazildi. Bu haqda Şanxay Hamkorlik Taşkiloti missiyasi rahbari Yerik Aşimov Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida bölib ötgan ŞHT missiyasi kuzatuvçilari iştirokidagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida Şanxay Hamkorlik Taşkiloti missiyasi kuzatuvçilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. ŞHT missiyasi rahbari Özbekistonda ötkazilgan prezidentlik saylovida qonunçilikka zid holatlar kuzatilmagani, saylov jarayoni şaffof va oşkoralik asosida ötkazilganini aytdi.

“Missiya tomonidan Özbekistonda ötkazilgan prezidentlik saylovlari jarayonidagi saylovoldi taşviqotlarida va saylov jarayonida qonunbuziliş holatlari kuzatilmadi. Barça tarğibot-taşviqot işlari saylov qonunçiligi asosida ötkazilgan. Missiya öz kuzatuvlarini Toşkent, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Andijon viloyatlari böylab 2017ta saylov uçastkasida olib bordi”, dedi Şanxay Hamkorlik Taşkiloti missiyasi rahbari Yerik Aşimov.

Elmira Xaymurzina saylov jarayonida axborotlarni elektronlaştiriş jarayoniga e'tibor qaratdi va saylovlarda aholining iştiroki haqida gapirdi.

“Özbekistonda birinçi marta saylovçilarning elektron röyxati şakllantirildi. Mobil ilovalar işlab çiqildi. Bu juda katta yangilik.

Saylovçilar oilaviy tarkibda – bobo-buvilar, ota-onalar, nabiralar birgalikda çiqişdi. Bir saylov uçastkasida yoşi katta inson kelganida unga söz berişdi. Juda çiroyli tilaklar bildirdi saylov jarayonlari haqida” dedi u.