Xitoyning XPeng avtomobil işlab çiqariş kompaniyasi uçadigan avtomobil prototipini namoyiş etdi, deb xabar berdi TechCrunch naşri.
Avtomobil HT Aero deb nomlanadi, uni XPeng şu'ba kompaniyasi işlab çiqargan. U taşqi körinişidan Xpeng P7 avtomobilini eslatadi: maşina uç eşik va ikki örindiqli bölib, elektr dvigatel va parvoz parraklari bilan jihozlangan.
Avtomobilning uzunligi 5,5 metrni taşkil etadi. Uning kuzovi Xpeng P7 modelinikiga nisbatan 50 foizga yengil. Maşina havoda tezligini soatiga 130 kilometrga yetkaza oladi, parvoz vaqti 30 daqiqaga teng.
Xpeng uşbu avtomobilni 2024 yildan ommaviy işlab çiqarişni rejalaştirgan. Uning narxi bir million yuan (156 ming 500 dollar) atrofida böladi.
















