Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
22 kun ichida 400 mingdan ortiq xonadon iste'moliga teng gaz o‘g‘irlangan – Energetika vazirligi
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish gaz ta'minoti korxonalariga qariyb 4 milliard so‘m zarar yetkazgani aytilmoqda.
Energetika vazirligi oktyabr oyining 22 kunida gazdan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan ma'lumotlarni e'lon qildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida respublika bo‘yicha tabiiy gazdan 228 ta holatda noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
22 kun ichida 4 million 278 ming kub metr tabiiy gaz noqonuniy foydalanilgani ma'lum bo‘ldi. Buning natijasida gaz ta'minoti tashkilotlariga yetkazilgan zarar 3 milliard 832 million 900 ming so‘mni tashkil qilgan.
Taqqoslash uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 427 ming 830 ta xonadonning 1 kunlik iste'molini tashkil qiladi.
Boshqacha aytganda, ushbu hajmdagi tabiiy gaz Namangan va Andijon viloyatlaridagi jami aholi xonadonlarining bir kunlik iste'molini tashkil qiladi.
Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
“Aniqlangan holatga huquqiy baho berish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, 9 oyda 78 000 000 000 so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026