“Amerika Qöşma Ştatlari Özbekiston xalqining 24 oktyabr kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ovoz beriş huquqidan foydalanganini qöllab-quvvatlaydi. Biz YeXHT DIIHB kuzatuv missiyasining ovoz beriş jarayonlari tinç ötgani va saylovçilarning yuqori faolligi haqidagi fikrlariga qöşilgan holda, YeXHT missiyasining saylovlar haddan taşqari çeklangan siyosiy muhitda ötgani va saylovning muhim kafolatlari e'tiborga olinmagani haqidagi bayonotlari borasida ham hamfikrmiz.

Qöşma Ştatlar Özbekiston hukumatining YeXHT DIIHB kuzatuv missiyasi bilan yaxşilangan hamkorligini olqişlaydi hamda YeXHTning saylovlarga doir, şuningdek, fuqarolik va siyosiy huquqlarni ta'minlaş borasidagi tavsiyalarini hayotga tatbiq etişga çaqirib qoladi. Biz Özbekiston hukumati bilan ikki tomonlama hamda mintaqaviy ahamiyatga molik şu va boşqa masalalarda hamkorlikni davom ettiriş tarafdorimiz”, - deyiladi bayonotda.