Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi ishlar vaziri AQShni Afg‘onistondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi
Van Ining ta'kidlashicha, Xitoy Afg‘onistonning ichki ishlariga hech qachon aralashmagan, hech qachon shaxsiy manfaatlarini ko‘zlamagan.
Xitoy AQSh va g‘arb mamlakatlarini Afg‘onistonga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlashga chaqiradi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” hukumati raisi o‘rinbosari Abdul G‘ani Birodar bilan uchrashuvi chog‘ida aytdi.
“Xitoy hozirda Afg‘oniston duch kelgan gumanitar qiyinchiliklarga katta ahamiyat beradi va AQSh hamda g‘arb mamlakatlarini sanksiyalarni olib tashlashga chaqiradi”, – dedi u.
Van Ining so‘zlariga ko‘ra, barcha tomonlar Afg‘onistonning o‘zini tiklashiga yordam berish uchun “Tolibon” bilan oqilona va pragmatik tarzda muloqot o‘rnatishi lozim.
“Xitoy afg‘on xalqiga o‘z imkoniyati darajasida gumanitar yordam berishga, vaqtinchalik qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun afg‘on xalqiga yordam berishda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor”, – dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri.
Uning ta'kidlashicha, Xitoy Afg‘onistonning ichki ishlariga hech qachon aralashmagan, hech qachon shaxsiy manfaatlarini ko‘zlamagan.
Afg‘oniston duch kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tish xalqaro hamjamiyatning yanada kuchli qo‘llab-quvvatlovini talab qiladi, dedi u.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026