Serbiya poytaxti Belgradda boks böyiça jahon çempionati davom etmoqda. 26 oktabr kungi janglarda özbekistonlik 3 nafar boksçi ringga kötarildi.

-80 kg vaznda Odiljon Aslonov avtomatik ravişda 1/16 finalga yöllanma oldi, uning raqibi tanzaniyalik Yusuf Çangalavey noma'lum sabablarga köra ringga çiqmadi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Dösmatov 1/8 final doirasida qozoğistonlik Saken Bibossinovga qarşi ringga kötarildi. Teng kuraşlar ostida ötgan bahsda hakamlar Bibossinovni ğolib deb topişdi. Ma'lum muddatli tanaffusdan keyin havaskor boksga qaytgan Dösmatov esa jahon çempionatini erta tark etdi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

-75 kg vazn toifasida Saidjamşid Ja'farov 1/32 final doirasida slovakiyalik Lukas Fernetsaga qarşi ringga kötarildi. Har uçala raundda faol harakat qilgan Ja'farov hakamlar qaroriga köra ğalaba qozonib, Jahon çempionatining keyingi bosqiçiga yöl oldi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi
Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Birinçi kungi bahslarda Özbekiston terma jamoasi şarafini -67 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Asadxöja Möydinxöjayev 1/32 final doirasida irlandiyalik Brendon Makkiverni 5:0 hisobida mağlub etgan holda 1/16 finalga yöl olgandi.