Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer 26 oktabr kuni keçqurun kansler Angela Merkelga uning kanslerlik vakolati muddati yakunlangani töğrisida rasmiy xabarnoma topşirdi. Endi, sentabr oyida bölib ötgan saylovlar natijalari böyiça yangi hukumat şakllantirilgunga qadar Merkel mamlakatni vazifa bajaruvçisi maqomida boşqarib turadi. Merkel Germaniyani 15 yilu 338 kun boşqardi; agar uning örinbosari kim bölişi 19 dekabrgaça ham tasdiqlanmasa, u mamlakatning yangi tarixida eng uzoq muddat davomida hukumatni boşqargan Helmut Kolning rekordini yangilaydi. Mamlakatning yangi kansleri Sotsial-demokratlar partiyasi yetakçisi Olaf Şols bölişi kutilmoqda, u sönggi uç yil davomida hukumatda vitse-kansler lavozimida işlagan. Merkel yana köp yillar davomida Germaniya kansleri bölib qolişi ham mumkin edi, ammo u 2020 yilda navbatdagi saylovlardan keyin iste'foga çiqişini ma'lum qilgandi.

Germaniyada ötgan parlament saylovlaridan roppa-rosa bir oy ötgaç, 26 oktyabrda bundestagning yangi tarkibi ilk yiğilişini ötkazdi. Şu kuni mamlakat kansleri Angela Merkelning vakolatlari muddati rasman yakunlandi. Biroq u yangi kansler saylangunça uşbu lavozimda qoladi. Buni Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer iltimos qilgan.
Ştaynmayyer Merkelga vakolatlari tugagani haqidagi hujjatni topşirdi hamda unga va u boşçiligidagi hukumatga minnatdorlik bildirdi. Germaniya prezidenti Merkelning kanslerlik davrini “Germaniya tarixidagi buyuk kunlar” deb atadi.
“Siz, hurmatli kansler xonim, qadrdon Angela Merkel uçun hukumatdagi 16 yillik rahbarlik tugamoqda. Sizga bu 16 yil, inqirozlar va silsilalarga töla davrda mamlakatimizni öz ortingizdan ergaştira olganingiz uçun minnatdorlik bildiramiz. Bu jiddiy, ham moliyaviy, ham iqtisodiy inqirozlar, yevro inqirozi, koronavirus inqirozi yillari böldi. Siz, avvalambor, fuqarolar işonçini qozona oldingiz”, deb aytgan Ştaynmayyer.
Merkel Germaniya kansleri lavozimini 2005 yildan beri egallab kelayotgandi.
Germaniya konstitutsiyasida federal prezident yangi kansler tayinlanmagunça amaldagi kansler va uning hukumatidan öz işini davom ettirişini söraşi mumkinligi közda tutilgan. Bunday holatda kansler ham, vazirlar ham prezidentning iltimosiga rad javobi bera olmaydi.











