Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston davlatlararo avtobus qatnovini tikladi
Toshkent – Xo‘jand – Toshkent xalqaro avtobus yo‘nalishida muntazam qatnovlar qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi. O‘zbekiston tomonidan tashuvchi «Uzautotrans service» korxonasi «Yutong» rusumli avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Tojikiston tomonidan esa tashuvchi «Xolding Aziya Grupp Tadjikistan»ga qarashli «Vanholl» rusumli avtobuslar ushbu yo‘nalishda harakatlanadi.
Avtobuslar soat 09:00 va 18:00da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Toshkentdan Xo‘jandgacha yo‘lkira haqi 100 000 so‘m etib belgilangan.
Avvalroq, Tojikiston O‘zbekiston shaharlariga avtobuslar qatnovini tiklayotgani, 18 oktyabrdan Xo‘jand–Toshkent, 20 oktyabrdan esa Panjikent–Samarqand–Buxoro yo‘nalishlari bo‘yicha yana avtobus qatnay boshlashi xabar qilingandi.
Asiaplustj.info nashriga ko‘ra, qayta tiklanayotgan Xo‘jand–Toshkent avtobus yo‘nalishida yo‘lkira narxi 100 somoniy etib belgilangan. Ushbu yo‘nalishga ikki qavatli zamonaviy avtobuslar qo‘yilgan bo‘lib, ular Toshkent va Xo‘jand shaharlariga har kuni qatnaydi. Talab oshib borgan taqdirda qatnov kuniga 2-3 marta tashkil etilishi mumkin.
Yo‘lovchilardan chegarada xorijga chiqish pasporti hamda koronavirusga qarshi vaksina olganlik haqidagi sertifikat talab etiladi. Bunday sertifikati bo‘lmagan yo‘lovchilar esa ekspress-test topshirishlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026